Blinken Rossiyaga oid bayonot berdi
Davlat kotibi Entoni Blinken Fransiyaning LCI telekanaliga intervyusida Ukrainada Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv AQSH manfaatiga javob bermasligini ta’kidladi.
– Ukraina zaminida umuman amerikalik askar bo‘lmaydi, – dedi diplomat. – Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan Rossiyaga bevosita qarshi bormaydi.
Fevral oyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parij Moskva urushda g‘alaba qilmasligi uchun barcha chorani ko‘rishi haqida gapirgandi. Uning aytishicha, g‘arb mamlakatlari rahbarlari Ukrainaga qo‘shin jo‘natish ehtimolini muhokama qilgan, lekin ushbu masalada bir to‘xtamga kelinmagan. O‘shanda Makron Parij uchun Kiyevga yordam berish bo‘yicha chegara yoki qizil chiziq yo‘qligini ham qo‘shimcha qilgan.