Biz korrupsiyaga qarshimiz
Jizzax politexnika institutida “9 dekabr –Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda institut ma’muriyati, professor-o‘qituvchilar, viloyat prokuraturasi xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ta’lim sohasida aniqlangan korrupsion holatlar, ularga nisbatan ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida institut talaba-yoshlari orasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi insholar” va “Eng yaxshi rasmlar” ko‘rik-tanlovlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishi davom etmoqda.


X.Xaitov,
Jizzax politexnika instituti korrupsiyaga
qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i