“Biz bir safdamiz!”
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasining tashabbusi bilan Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir aynan ana shu shior ostida tashkil etildi.
Ushbu tadbir ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va nogiron bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.
[gallery-4921]
Viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan ushbu tadbir davomida imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning 12 nafariga nogironlik aravachalari, 10 nafariga eshitish moslamalari topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Yoshlar innovatsion markazi” binosida “Inklyuziv ta’lim” markazi ham o‘z faoliyatini boshladi. Ta’lim markazi faoliyati yuzasidan taqdimot ham o‘tkazildi. Ma’lumot uchun, markaz izchil faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharot-sharoitlar yaratilgan, jihozlar bilan ta’minlangan.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA