Bitiruvchilarga diplom topshirildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan “Bitiruvchi–2026” diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, oliy ta’lim muassasalari, huquq-tartibot organlari vakillari, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Marosimda so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni universitetni muvaffaqiyatli tamomlagani bilan qutlab, ularga mustaqil hayot va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.
Buxoro davlat universiteti rektori, professor O. Hamidov universitetning xalqaro maydondagi yutuqlariga to‘xtalib, BuxDU “Times Higher Education” (THE) “Sustainability Impact Ratings – 2026” xalqaro reytingida dunyoning TOP-400 taligidan o‘rin olganini alohida ta’kidladi.
[gallery-30336]
Joriy o‘quv yilida universitetni 3 ming 986 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Ularning 331 nafari magistratura bosqichi bitiruvchilari bo‘lib, 75 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimizda xotin-qizlarning ilm-fan va oliy ta’lim sohasidagi ishtiroki hamda salohiyati tobora yuksalib borayotganining yana bir ifodasi bo‘ldi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA