Bir mavsumda 100 xil gul – 300 million so‘m daromad
Aholi zich yashaydigan Andijon viloyatida har qarich yerdan oqilona foydalanish – hayot talabi. Viloyatda tomorqa dehqonchiligi orqali barakali daromad topish borasida o‘ziga xos tajriba maktabi shakllangani boisi ham shunda.
FOTOREPORTAJ

Shahrixon tumanida yashovchi Dilmurod Ahmedov ana shunday omilkorlardan. U tomorqasida 12 sotix yerda zamonaviy issiqxona tashkil etib, 100 dan ziyod turdagi gullarni yetishtirmoqda. Mahsulotlari nafaqat viloyat, balki qo‘shni respublika bozorlariga ham yetkazib berilmoqda.
- Gulchilik mehnat va muntazam parvarish talab etadi, - deydi tadbirkor. - Har bir gulning o‘ziga xos xususiyati bor. To‘g‘ri parvarishlash orqali yuqori sifatga erishish va bozorda talabga ega bo‘lish mumkin. Shu orqali bir mavsumda 300 million so‘mgacha daromad oldik.
Ayni vaqtda tadbirkor gul turlarini yanada ko‘paytirish, ish o‘rinlari yaratish harakatida.
Suratlarda:
[gallery-22747]
O‘zA fotomuxbiri
Zuhriddin UMURZOQOV olgan suratlar.