Bill Geytsning otasi vafot etdi
“Microsoft” kompaniyasi asoschisi, taniqli filantrop Uilyam Geyts 94 yoshida vafot etdi, deb yozadi Bill Geyts ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
“Microsoft” kompaniyasi asoschisi, taniqli filantrop Uilyam Geyts 94 yoshida vafot etdi, deb yozadi Bill Geyts ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Bill Geytsning taʼkidlashicha, otasi uni butun hayoti davomida qoʻllab-quvvatlab kelgan. U “Microsoft” kompaniyasining tashkil etilgan dastlabki yillarida otasining yordami juda katta boʻlganini eslagan.
Milliarder otasining xayriya ishlarini yuksak baholadi. “Otamning yordamisiz Bill va Melinda Geyts fondi bu darajaga yetmagan boʻlardi, chunki fond qadriyatlari shakllanishida uning xizmatlari beqiyos boʻldi”, – deydi u.
“The New York Times” nashrining yozishicha, katta Geytsning oʻlimiga alsgeymer xastaligi sabab boʻlgan.