Biatlonchilar Norinda bellashdi
FOTOREPORTAJ
Norin tumanida Navro‘z bayrami munosabati bilan Yozgi biatlon sport turi bo‘yicha Namangan viloyati hokimi Kubogi uchun viloyat birinchiligining 1-bosqich musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-6042]
118 nafar sportchi ishtirok etgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘ringa To‘raqo‘rg‘on tuman jamoasi loyiq deb topildi. Keyingi o‘rinlarni viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi jamoasi hamda Uychi tuman jamoasi egalladi. G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari topshirildi.
Hotam MAMADALIEV, O‘zA