Beyhan Shan: meni o‘zbek xalqining buyuk tarixi, madaniyati maftun etdi (+video)
Yurtimizga tashrif buyurgan mehmon borki, qanchalik rivojlangan davlatning fuqarosi bo‘lmasin xalqimizning mehmondo‘stligidan, buyuk tarixiy manzillaridan, milliylikni saqlab qolgan o‘zbekona madaniyatdan bahra oladi. Asrlar davomida saqlanib kelinayotgan milliy urf-odat va o‘zaro munosabatlar bizni qonimizda buyuk bobolarimizning muqaddas qoni oqayotganidan yana bir dalildir. Xorijdan tashrif buyurganlar albatta buni his qilib, o‘zlari bilmagan holda o‘zbek xalqini har tomonlama o‘rganishga qiziqib ketadi.
Ayni kunlarda yurtimizda ilmiy izlanishda bo‘lgan Istanbul universiteti tarix fanlari bo‘yicha doktori Beyhan hanum ham buyuk tariximizni o‘rganish jarayonida yurtimiz, o‘zbek xalqi va madaniyati haqidagi taassurotlarini yashirolmadi. Suhbatimiz davomida Beyhan hanum bilan “Tarix haqiqatlari” loyihasi uchun “Usmonlilar imperiyasi va Turkistonda saroy ayollari tomonidan tashkil etilgan madrasalar” mavzusida suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/SMpZcsDyfjM?si=4darj0hmCCx3JMiC" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA