Besh ustuvor tashabbus – yoshlar ma’naviy kamoloti sari
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Do‘rmon madaniyat saroyida o‘tkazilgan ko‘rgazmali ma’naviy-ma’rifiy tadbir shunday nomlandi.
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Do‘rmon madaniyat saroyida o‘tkazilgan ko‘rgazmali ma’naviy-ma’rifiy tadbir shunday nomlandi.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, partiya siyosiy kengashi vakillari, Qibray tumanidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, o‘quvchi-yoshlari, partiya faollari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, pirovardida har tomonlama yetuk avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlashda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ayni paytda mazkur 5 ta tashabbus doirasida barcha hududlar, xususan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida yoshlarni turli fan, san’at va sport to‘garaklariga jalb etish, aholi, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotir.

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviyatini yuksaltirish, ularning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadlariga qaratilgan ushbu tadbirda partiya viloyat Kengashi qoshida tashkil etilgan iste’dod klubi a’zolarining rassomchilik, hunarmandchilik va dasturiy ishlanmalaridan iborat ko‘rgazmasi, sportning karate va gimnastika turi bilan shug‘ullanuvchi yoshlarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.
Tadbir doirasida shuningdek, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga bag‘ishlangan dasturiy ishlanmalar namoyishi, kitob yarmarkasi, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari shaxsiy kutubxonasidan o‘quvchi-yoshlarga kitoblar sovg‘a qildi.