Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston banklari rubldagi omonatni cheklay boshladi
Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tarkibidagi Rossiyaga do‘st mamlakatlar banklari iyun oyidan beri rubldagi naqd pul omonatiga qo‘yiladigan talabni kuchaytirdi. Bu haqda RBK xabar bergan.
Belarusda 8 kredit muassasasi shunday amaliyot uchun 2-5 foiz komissiya joriy qildi.
Qozog‘istonda “Sentrkredit” terminal va bankomat orqali naqd pul o‘tkazmasi uchun 5 foiz ustama o‘rnatdi.
Qirg‘izistonda “Ekoislamikbank” SWIFT o‘tkazmasi uchun shunga o‘xshash stavka belgiladi. Shuningdek, Armanistonning ayrim banklari naqd rubl bilan, jumladan omonat amaliyotini butunlay to‘xtatdi, naqd pulsiz to‘lovni xuddi muayyan shart asosida davom ettiryapti.
S.Rahimov, O‘zA