Bayramga munosib toʻyona
Samarqand tumanida mustaqillik bayramining 28 yillik toʻyi arafasida 5 ta ijtimoiy soha muassasalari foydalanishga topshiriladi.
Samarqand tumanida mustaqillik bayramining 28 yillik toʻyi arafasida 5 ta ijtimoiy soha muassasalari foydalanishga topshiriladi.
Jumladan, Gulobod mahallasida qishloq oilaviy poliklinikasi investitsiya dasturi doirasida kapital taʼmirlandi. Ushbu maskan hududdagi 6 ta mahalla aholisiga xizmat koʻrsatadi.
Shuningdek, yangi oʻquv yili oldidan oʻquvchilar uchun ham munosib sovgʻa hozirlandi. Oqmachit mahallasida joylashgan 21-umumtaʼlim maktabi, 125 oʻrinli 3-maktabgacha taʼlim muassasasi, Oʻrta Turkman mahallasidagi 17-maktabgacha taʼlim muassasasi hamda Parrandachilik mahallasi hududidagi 26-umumtaʼlim maktabi “Obod qishloq” dasturi doirasida joriy taʼmirlanib, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi.