Bayram arafasida musobaqa o‘tkazildi
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi tomonidan badminton bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
Unga Nukus shahridagi ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar xodimlar o‘zaro bellashib, o‘zlarining jismoniy qobiliyati va chaqqonligini ko‘rsatishdi.
Qizg‘in bahs va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqa xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini mustahkamladi. Barcha ishtirokchilar musobaqada g‘olib bo‘lish uchun astoydil harakat qilishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashining esdalik sovg‘alari hamda diplomlari topshirildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri