Bayram arafa ezgu ishlar quloch yoydi
Xalqimizga xos ezgu an’analar, xayrli ishlar azaliy tarixga ega. Bayramlar arafasida yaxshilikka yondashib keksalar holidan xabar olish, imkoniyati cheklanganlarni yo‘qlash, xayr-saxovat qilish yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Sirdaryo viloyatida Mustaqilligimizning 30 yilligi nishonlanishi arafasida "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida joylardagi tadbirlar davom etmoqda.

Shu kabi tadbirlar doirasida Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Sirdaryo tumanidagi og‘ir ijtimoiy shariotda yashab kelayotgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanmoqda. Jumladan, Sirdaryo tumanidagi “Tinchlik”, “Tadbirkor”, “Navro‘z” mahallalarida istiqomat qiluvchi 4 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizga nogironlik aravachalari tarqatildi.

Tadbirda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash, muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Shuhrat Suyarov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA