Baydenda koronavirus testi musbat natija berdi
Prezident Jo Bayden koronavirusni aniqlash uchun sinovdan o‘tdi. Yengil alomatlar, jumladan yo‘tal, burun oqishi va umumiy bezovtalikni boshdan kechirayotgan bemor tekshiruvi musbat natija ko‘rsatgan. Ushbu xabarni “Washingtonpost” chorshanba kuni Oq uy taqdim etgan ma’lumotga tayanib tarqatgan.
Shundan so‘ng Bayden Las-Vegasda rejalashtirilgan tadbirlarni bekor qilib, Delaverga jo‘nab ketgan.
– U Delaverga qaytadi va o‘zini izolyatsiya qiladi, shu vaqt ichida vazifasini to‘liq bajarishda davom etadi, – dedi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per. – Biz prezidentning holati to‘g‘risida muntazam ma’lumot taqdim etib boramiz.
Shaxsiy shifokor noxush alomatlar chorshanba kuni tushdan keyin boshlanganini aytdi:
– U kunning birinchi tadbirida o‘zini yaxshi his qildi, ammo keyin noxushlik sezib, COVID-19 uchun tibbiy yordam testi o‘tkazishni so‘radi. Natija – musbat. Baydenning hayotiy faoliyati normal.
– O‘zimni yaxshi his qilyapman, – dedi niqob taqmagan Bayden samolyotga chiqishdan oldin jurnalistlarga.
Mamlakat rahbari chorshanba kuni ispan fuqarolik huquqi bo‘yicha yetakchi tashkilot – “UnidosUS” konferensiyasida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan edi. Mahalliy vaqt bilan soat 13:30 ga belgilangan chiqish bekor qilindi. Bayden bir soatdan ko‘proq kechikkani sababli, guruh rahbari Janet Murguia yig‘ilganlarga prezident bilan qo‘ng‘iroqlashgani, u yetib kelolmasligini yetkazgan.
Amaldagi yetakchi saylov oldi kampaniyasini ham vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Kun avvalida u “Univision”ga intervyu berish uchun mahalliy restoranga tashrif buyurgan edi.