Bayden Mustafo Al-Kozimiydan mamnun
AQSH Prezidenti Jo Bayden Jidda shahrida Iroq Bosh vaziri Mustafa Al-Kozimiy bilan uchrashdi. U Kozimiyning Saudiya Arabistoni va Eron vakillari o‘rtasida Bog‘dodda muzokara o‘tkazish tashabbusini olqishladi. Bu haqda Iroq ma’muriyati matbuot xizmati ma’lum qilgan.
“Bayden Kozimiyga xavfsiz va barqaror mintaqa yaratishga qaratilgan ijobiy diplomatiya faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi”, deyiladi xabarda.
Iroq Bosh vaziri o‘z navbatida muammoga mahalliy yechim topish va mintaqada barqarorlikka erishish uchun Iroqning do‘stlari va qo‘shnilarini yaqinlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishda davom etishga tayyorligini yana bir marta tasdiqladi.
O‘zA