Bayden harbiy byudjetni tasdiqladi
AQSH Prezidenti Jozef Bayden 2025 yil uchun mudofaa byudjetini tasdiqladi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.
“Prezident 2025 moliya yili uchun milliy mudofaaga ruxsat berish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi”, — deyilgan xabarda.
895 milliard dollarlik mudofaa byudjeti Kongressning har ikki palatasi bilan kelishilgan.
18 dekabr kuni loyihada AQSHning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi pozitsiyasini kuchaytirish, harbiylar maoshini oshirish, yettita yangi kema qurish va mudofaa sanoati bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari o‘rin olgani ma’lum qilingandi.