Bank xizmati takomillashmoqda
Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki bilan hamkorlikda «Bank ichki audit xizmati: zamonaviy talablar va amaliyot» mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki bilan hamkorlikda «Bank ichki audit xizmati: zamonaviy talablar va amaliyot» mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi.Prezidentimiz rahnamoligida bank tizimini isloh qilish, erkinlashtirish va barqarorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar banklar faoliyatini takomillashtirish, bank xizmatlari hajmini yanada kengaytirishga xizmat qilayotir.
Salohiyatli, bilimli, o‘z mutaxassisligini yaxshi egallagan yoshlar bank va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirib, aholining banklarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Shu bois etuk kadrlar tayyorlashda ta’limni ishlab chiqarish amaliyoti bilan bevosita bog‘lab olib borish muhim ahamiyatga ega.
Anjumanda bank amaliyotida qo‘llanilayotgan auditorlik tartib-qoidalari, xalqaro talablar asosida sohani takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida banklar faolligini oshirish, ularning ichki xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imtiyoz va qulayliklarga oid ma’ruzalar tinglandi.