Bahslar qizg‘in davom etmoqda
Poytaxtimizda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi “NBU Cup” xalqaro turnirining yakkalik va juftliklar o‘rtasidagi asosiy to‘r musobaqalari qizg‘in kurashlarga boy bo‘lmoqda.
Poytaxtimizda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi “NBU Cup” xalqaro turnirining yakkalik va juftliklar o‘rtasidagi asosiy to‘r musobaqalari qizg‘in kurashlarga boy bo‘lmoqda.
Turnirning yakkaliklar bahsida qatnashayotgan iqtidorli tennischilarimizdan Saida’lo Saidkarimov dastlabki o‘yinda qozog‘istonlik Arsan Arashovni 6:0, 6:0, Shohrux Abdumalikov rossiyalik Aleksey Kovalevni 6:4, 0:6, 6:4, Azamat Luqmonov rossiyalik Akshin Mextiyevni 6:2, 6:4, Humoyun Sultonov qozog‘istonlik Ilya Taraninni 6:1, 6:1, Amal Sultonbekov rossiyalik Andrey Landgrafni 7:5, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Shuningdek, Behzod Rasamatov, Sharobiddin Abzalov va Temur Sottimov ham ilk bahsda g‘alaba qozondi.
Juftliklar o‘rtasida Amal Sultonbekov va Azizjon Turg‘unov Humoyun Abdumalikov va qozog‘istonlik Yevgeniy Danilovni 6:4, 7:6, Sharofiddin Abzalov va Humoyun Sultonov qozog‘istonlik Rodion Pak va rossiyalik Vyacheslav Yulikni 6:1, 6:1, rossiyalik Andrey Landgraf bilan hamkorlikda o‘ynayotgan Shohrux Abdumalikov Sherzodbek Rajabov va Akshin Mextiyevni (Rossiya) 6:0, 6:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Kamola Umarova rossiyalik Alyona Yurchenkoni 6:1, 6:1, Laylo Bahodirova rossiyalik Erika Yaximovichni 6:4, 6:3, Valeriya Vorobyova rossiyalik Alina Povidaloni 6:2, 6:0 hisobida yengdi.
Juftliklar o‘rtasidagi ilk bahsda tennischimiz Kamola Umarova va rossiyalik Kamila Rahimova rossiyalik tennischilar Sofiya Lansere va Mariya Solnishkinani 6:2, 4:6, 10:6, Shahnoza Hotamova va rossiyalik Kamilla Kokeladze qozog‘istonlik Dariya Detkovskaya va rossiyalik Anastasiya Xlestovani 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.