Bahor yomg‘iri
FOTOREPORTAJ
Bahor yomg‘iri – tabiatning eng sokin hodisalaridan biri. U yerga faqatgina namlik emas, soflik va hayot nafasini olib keladi.
Bugun erta tongdan poytaxtda shivalab yomg‘ir yog‘moqda. Bu yomg‘ir chor-atrofga hamda kishilar qalbiga osoyishtalik ulashayotir.
[gallery-28609]
Bahor yomg‘iri ostida shahar qiyofasi ham o‘zgardi: shovqin biroz pasaygan, ko‘chalarda soyabon ko‘targan odamlar harakati, har kim manzil sari shoshgan. Ba’zilar esa yomg‘ir ostida yurishdan zavq olayotir.
Poytaxtda yomg‘ir, mayin va ohista yog‘moqda...
Asliddin ALIJONOV (surat), O‘zA