Badmintonchilar musobaqasi
Nukusda bo‘lib o‘tgan badminton bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchiligida 1996 – 2001-yillarda tug‘ilgan 50 nafardan ziyod o‘smir bahslashdi.
Nukusda bo‘lib o‘tgan badminton bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchiligida 1996 – 2001-yillarda tug‘ilgan 50 nafardan ziyod o‘smir bahslashdi.
Musobaqada Nukus, Taxiatosh shaharlari, Amudaryo, Qanliko‘l, Qorao‘zak va Nukus tumanlaridan 11 jamoa ishtirok etdi.
– Chaqqonlik va epchillikni talab etadigan mazkur sport turiga bo‘lgan qiziqish va ustozimning ko‘rsatmalari tufayli yaxshi natijalarga erishmoqdaman, – deydi musobaqa g‘olibi Nasihat Sultong‘aliyeva. – Endi musobaqaning mamlakat bosqichida qatnashib, tajriba va mahoratimni yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman. Kelajakda Osiyo va jahon chempionatlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilganman.
G‘oliblar endi mamlakat chempionatida ishtirok etadi.