Ayollar tadbirkorligiga e’tibor yanada kuchaytiriladi
Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova rahbarligida mamlakatimizda xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari va faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda “Hamroh” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida ayollarni o‘qitish ishlarining borishi, kasanachilik va xonadonlarda uy mehnati bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari keng tahlil qilindi.



Ayrim kamchiliklar, sust borayotgan jihatlarni jadallashtirish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan ayollarga ko‘maklashish borasida mahallalar kesimida ishlash bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.
N.Usmonova, O‘zA