Avtomobil yo‘lidagi nosozliklar bartaraf etiladi
Asaka tumani markazidagi Umid ko‘chasida kanalizatsiya tarmog‘i yangilangandan so‘ng avtomobil yo‘lida nosozliklar yuzaga kelgan edi. Mazkur ko‘chada qurilish ishlari boshlandi.
Qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanishi avvalida Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov ishtirok etdi.
Viloyat rahbari tomonidan tegishli mutasaddilarga qurilish ishini sifatli bajarish bo‘yicha ko‘rsatma va takliflar berildi.
Shu joyning o‘zida 10 dona avtosamosval avtotransporti keltirilib, YXXBB tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi hamda davlat raqamlari olingan holatda Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tizimidagi tuman unitar korxonalariga topshirildi.
[gallery-2504]
Zuhriddin UMURZOQOV(surat), O‘zA