“Australian Open – 2018”da chorak final bahslari o‘tkazilmoqda
“Australian Open – 2018” musobaqasining xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda dastlabki yarim finalchining nomi aniqlandi
“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” musobaqasining xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda dastlabki yarim finalchining nomi aniqlandiTurnirning chorak final bahsida ukrainalik Elina Svitolina va belgiyalik Elize Mertens o‘zaro kuch sinashdi. Ushbu uchrashuvda Elize raqibini 6:4, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.
Shuningdek, bugun chorak finalda ispaniyalik Karla Suares-Navarro va daniyalik Karolin Voznyaski o‘zaro raqobatlashadi. Ertaga, 24 yanvar kuni esa Simona Xalep (Ruminiya) – Karolina Plishkova (Chexiya), Anjelik Kerber (Germaniya) – Medison Kiz (AQSH) uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.