Atletikachilar Andijonda saralandi
Andijonda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan 1999-2000 yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazildi.
Andijonda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan 1999-2000 yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazildi.Chempionatning turli masofaga yugurish bahslarida Ruslan Maqsumov, Abbos Nurilloyev, Humoyun Mahmudov, Aleksandra Burseva, Umida Turg‘unboyeva, Diyora Valijonova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
To‘siqlar osha 110 va 440 metr masofaga yugurishda Rahmonjon Itolmasov, Is’hoq Bobosharipov, Valeriya Udalova hamda Sabina Umarovaga hech kim yeta olmadi.
Bosqon, disk, yadro va nayza uloqtirish bahslarida Elbek Abdusalomov, Obid O‘rishev, Shahzod Mardonov, Akim Dementyev o‘g‘il bolalar o‘rtasida chempion bo‘lgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Tatyana Normatova, Munisa Rejepova,Zebiniso Kamoliddinova hamda Ra’no Tursunboyeva oltin medalni qo‘lga kiritdi.
10000 metrga sportcha yurish bahslarida Azimjon Namozov va Mohichexra Meliqulova g‘alaba qozondi. Yettikurashda Eldor Namozboyev chempionat g‘olibiga aylandi.
Uzunlik, uch hatlab va balandlikka sakrashda Aleksandr Stepanov, Baxtiyor Nurmatov, Abdusamat G‘afforov o‘g‘il bolalar o‘rtasida zafar quchdi. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Alina Yablokova shohsupaga ko‘tarildi.