Asr bilan tengdosh onaxon
Namangan viloyati Norin tumanida “Keksalar haftaligi” doirasida bir asrlik umr yo‘lini bosib o‘tgan, hayotning quvonch va sinovlarini mardona yengib, keksalik gashtini surayotgan Tojixon ona Eraliyeva holidan xabar olindi.
Inson umri – bir tarix. Uning har bir yili ortida bir oila, bir avlod, qancha-qancha xotira va hayotiy saboqlar mujassam. Ibratli hayot yo‘liga ega Tojixon ona ham bugun farzandlari, nabiralari va yaqinlari ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda.

Tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi Qodirjon Umarov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Malika Tojiboyeva hamda mas’ullar Tojixon ona xonadonida bo‘lib, muborak onaxonni qutlug‘ 100 yoshi bilan samimiy qutladi, ezgu tilaklar bildirdi.


Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA