Arxivchi qizlar o‘zaro bahslashdi
“O‘zarxiv” agentligida 8 mart –Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Balli, qizlar” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari xodimalari ishtirok etdi.
Bu haqda “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ma’lumot berdi.

Ko‘rik-tanlovda 16 nafar ishtirokchi 5 ta shart bo‘yicha bahslashdi. Jumladan, 1-shart bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan arxiv sohasini rivojlantirish bo‘yicha innovaitson g‘oya yoki arxiv sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti o‘tkazildi.
2-shartda qizlar o‘z mahoratlaridan kelib chiqib, guldasta va meva sabzavotlardan karvin yasashdi, rasm chizib, shirinlik va turli salatlarni tayyorlashdi. 3-shartda arxiv ishi, AKT, korrupsiya bo‘yicha savollarga javob berishdi. 4-shartda esa O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari” va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari asosida xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda ularni bartaraf etish choralarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
Birinchi o‘rinni O‘zbekiston Milliy arxivi, 2- o‘rinni O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, 3- o‘rinni Samarqand viloyati davlat arxivi xodimalari qo‘lga kiritdi. Qolgan barcha ishtirokchilar nominatsiyalar bo‘yicha baholandi.
G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA