Arnasoylik ehtiyojmandlarga Yangi yil tuhfalari
Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlarida yangi yil bayrami arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga mehr, xayr-saxovat ko‘rsatish, ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zish, ularni qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning joriy yil 25 maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Arnasoy tumanida ham bir qator xayrli ishlar bajarilmoqda.


Jumladan, “Vaqf xayriya jamoat fondi” tomonidan Arnasoy tumanida ko‘mir mahsulotiga ehtiyoji bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj 18 nafar oilaning ro‘yxati shakllantirilib, ehtiyoji bo‘lgan har bir oilaga 200 kilogrammdan ko‘mir tarqatilgani, bugungi sovuq kunlarda ular uchun bayram tuhfasi bo‘ldi.


Arnasoy tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan 10 nafar fuqaroga 25 million so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratilib, fuqarolarning uy-joyi ta’miri uchun qurilish materiallari, davolanish uchun tibbiy dori-darmonlar olib berildi.
Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Feruza Soliyeva, viloyat xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Gulnora Normurodova, tuman maktabgacha ta’limi bo‘limi mudiri Shohrux Zulfiqorov va boshqalar birgalikda tumandagi “Tinchlik” MFYda qiynalgan oilalar holidan xabar olib, ularga bayram sovg‘asi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etdi.


A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA