Armanistonda endi ayollar ham armiyaga chaqiriladi
Armaniston parlamenti navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazib, xotin-qizlarning ko‘ngilli tarzda armiya xizmatini o‘tash tizimini joriy qilish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“18-27 yoshli xotin-qizlar majburiy olti oylik harbiy xizmatni o‘tay oladi”, – dedi mamlakat mudofaa vaziri Suren Papikyan.
Qonun loyihasiga ko‘ra, ayollar chaqiruv kunigacha xizmatdan voz kechishi ham mumkin.
Xizmat o‘quv qismida o‘tadi. Buning uchun ayollar bataloni tashkil etiladi. Olti oydan keyin ular besh yillik shartnoma asosida xizmatga o‘tishi mumkin, dedi vazir.
Avval Armaniston Qurolli kuchlarida ayollar faqat shartnoma asosida xizmat qilgan.