Argentina terma jamoasi asosiy himoyachisi Kristian Romero "Tottenxem" safida jiddiy jarohat oldi
"Tottenxem" himoyachisi Kristian Romero jarohati sababli ikki oygacha bo‘lgan muddatni o‘tkazib yuborishi mumkin.
"Shporlar" sardori Angliya Premyer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan "Sanderlend"ga qarshi o‘yinda (0:1) o‘z jamoasi darvozaboni Antonin Kinski bilan to‘qnashib ketib, tizzasidan jarohat oldi va 70-daqiqada maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etdi.
ESPN Argentina jurnalisti Martin Arevaloning xabar berishicha, futbolchining tiklanishi 5 haftadan 8 haftagacha vaqtni oladi. Shu bilan birga, argentinalik himoyachi iyun oyida start oladigan jahon chempionatida o‘z milliy terma jamoasiga yordam bera olishi kutilmoqda.