AQSHda harbiy samolyot halokatga uchradi
AQSH havo kuchlariga tegishli “A-29 Super Ticano”rusumli harbiy samolyot Nyu-Meksiko shtatida qulab tushgan.
AQSH havo kuchlariga tegishli “A-29 Super Ticano”rusumli harbiy samolyot Nyu-Meksiko shtatida qulab tushgan.Xolloman aviabazasi bayonotiga asoslanib, bu haqda RIA Novosti xabar beradi.
Xabarda qayd etilishicha, halokat kecha mahalliy vaqt bilan soat 11.30da sodir bo‘lgan. Hozircha faqat harbiy samolyotning uchuvchisi jarohat olgani vau shifoxonaga yetkazilgani ma’lum, boshqa jabrlanganlar taqdiri oydinlashtirilmoqda.
“A-29 Super Ticano” Braziliyaning “EMB-314” rusumli yengil turbovintli hujumkor samolyotining AQSH havo kuchlari uchun mo‘ljallangan modifikatsiyasidir. Pentagon ushbu turdagi samolyotlarni yozgi tayyorgarlik mashqlari, razvedkada foydalanadi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida AQSHning Jorjiya shtatida “S-130” rusumli harbiy-transport samolyot qulab tushgan edi. Halokat oqibatida bortdagi to‘qqiz kishining bari qurbon bo‘lgan.