AQSHda dovul qurbonlari soni 150 dan oshdi
AQSH Florida shtati qirg‘og‘iga yetib kelgan “Elen” to‘foni mintaqaga salbiy ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda.
Kuchli yomg‘ir va shamol hosil qilgan 4-toifali dovulning tezligi soatiga 225 kilometrga ko‘tarildi.
Rasmiylar ma’lum qilishicha, jiddiy zarar ko‘rgan Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Jorjiya, Florida va Virjiniya shtatlarida hozirgacha kamida 150 kishi halok bo‘lgan. 150 mingdan ortiq xonadon yordam so‘ragan, hududlarga oziq-ovqat, suv yuborilmoqda.
Ichki xavfsizlik departamenti Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligi (FEMA) hodisa tufayli 1000 dan ziyod odam maxsus boshpana ostida qolayotganini ma’lum qildi.
Prezident Jo Bayden shu hafta bo‘rondan zarar ko‘rgan hududlarga tashrif buyurishi kutilyapti.
Tabiiy ofat jiddiy halokat olib keldi. Elektr uzilishi millionlab insonlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tabiiy ofat qisman Tennessi shtatiga ham kirib borgan.
Florida va Shimoliy Karolinada “favqulodda holat” e’lon qilinib, qurbonlar uchun “federal yordam” ko‘rsatilishi e’lon qilindi.