AQSHda 3 yashar bola opasini otib qo‘ydi
AQSHda uch yoshli bola besh yoshli opasini otib qo‘ydi, qiz og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, deb xabar tarqatdi “ABC News” telekanali politsiya ma’lumotlariga tayanib.
Hodisa dushanba kuni kechqurun Vashingtonning janubi-g‘arbida sodir bo‘lgan.
– Qizaloq xonadonda ehtiyotsizlik bilan saqlangan o‘qotar quroldan jarohat olgan, - dedi poytaxt politsiya departamenti boshlig‘i Pamela Smit.
Xabarda qizchaning ahvoli juda og‘irligi aytilmoqda.
Shuningdek, politsiya voqea sodir bo‘lgan uyda katta yoshli notanish erkakni qo‘lga olganini ma’lum qilgan. U bolalarga nisbatan zo‘ravonlikda ayblanmoqda.
Bundan tashqari, yarador qizning opasi ekanligi taxmin qilinayotgan ayol ham huquq-tartibot organi xodimiga qarshi kuch ishlatgani uchun qo‘lga olindi.
– Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda, -deyiladi xabarda.
S.Rahimov, O‘zA