AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaraga ishonch tufayli neft narxi 100 dollardan pastladi
Bolgariya telegraf agentligi xabariga ko‘ra, Amerikaning WTI yengil neft fyuchersi, shuningdek oldindan yetkazib berish qiymati 1,75 foiz pasayib, bir barrel uchun 88,94 dollarni tashkil etdi.
Prezident Donald Tramp kecha AQSH vakillari Tehron delegatsiyasi bilan “juda yaxshi uchrashuv” o‘tkazgani, muloqot taxminan uch soat davom etganiga urg‘u berdi. Avvalroq u BMT yig‘ilishidagi nutqida Eron bilan kelishuv tuzish yoki mamlakatni “yo‘q qilish” bo‘yicha “muhim qaror” qabul qilinishi kerakligini aytgan edi.
– Pokistonning Tehron bilan vositachilik qilishi ham keng ko‘lamli keskinlashuv xavfini kamaytirishi mumkin, – degan “Bank Pro” xususiy raqamli banki bosh ijrochi direktori Paolo Brokardo. – Tarixan davlatlar aro muammolar muzokara yo‘li bilan yechim topgan.
A.Mamatov, O‘zA