AQSH – Tolibon o‘rtasida asirlar almashuvi
Afg‘oniston poytaxti Kobul aeroportida amerikalik muhandis Mark Frerixs “Tolibon” harakatining yuqori martabali a’zosi Bashir Nurzayga almashtirildi. Bu haqda “Apnews” xabar berdi.
Ayirboshlash haqidagi ma’lumot AQSH Prezidenti ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan.
10 yildan ortiq vaqt davomida konsalting muhandisi bo‘lib ishlagan va Afg‘onistonga tez-tez sayohat qilgan Qo‘shma Shtatlar Harbiy-dengiz kuchlari faxriysi 2020 yilning fevral oyida ushbu mamlakatda g‘oyib bo‘lgan edi.
U Tolibonga aloqador Haqqoniy tarmog‘i tomonidan o‘g‘irlab ketilgani taxmin qilinmoqda. Vashington bir necha marta Frerixsning ozod etilishini, jumladan, 2021 yil avgustida Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatni qo‘lga kiritishi va AQSH o‘z qo‘shinlarining asosiy qismini mamlakatdan olib chiqib ketganidan keyin ham talab qildi.
2022 yil aprel oyida amerikalik asirning yordam so‘rab qilgan murojaati e’lon qilingandi.
Frerixs 2001 yilda AQSHning agentligi yollangan Bashir Nurzayga almashtirilgan. Nurzay 2005 yilda AQSHga 50 million dollarlik geroin olib kirishga uringani uchun hibsga olingan edi. 2009 yilda u umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Nurzay ozodlikka chiqib, Afg‘onistonga qaytgach, Guantanamodagi Amerika qamoqxonasida 17,5 yil o‘tganini va u yerda Tolibonning so‘nggi asiri ekanligini aytdi.