AQSH “C5+1” va o‘rta yo‘lak haqida...
Joriy yil Vashingtonda bo‘lib o‘tgan “C5+1” formatidagi sammit Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bilan birga, Kavkaz mintaqasidagi tinchlik jarayonlariga ham alohida e’tibor qaratdi.
Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti matbuot xizmati “AzerTAJ” axborot agentligiga bergan intervyusida AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mustahkam tinchlik, shuningdek, xalqaro yo‘l tashabbusi doirasida yuzaga kelayotgan yangi iqtisodiy va transport imkoniyatlaridan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

– Vashingtondagi “C5+1” uchrashuvlari davomida biz Armaniston va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorlik va farovonlik uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini ta’kidladik. Biz ushbu imkoniyatlarni yuqori darajada oshirish uchun birgalikda ishlash niyatidamiz, - deyiladi bayonotda.
S.Rahimov, O‘zA