Angorlik yoshlarga 50 sotixdan yer berildi
bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etish, ularga yer ajratib berish orqali bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kuni kecha Angor tumanida ham 42 nafar o‘g‘il-qizga yer maydonlari taqdim etildi. Tumandagi “Yuqori Talimaron” mahallasida ancha yillardan buyon bo‘sh turgan 21 gektar yer har bir yoshga 50 sotixdan taqsimlab berildi. Shuningdek, yosh omilkorlarga ekish uchun urug‘liklar ham tarqatildi.
[gallery-1761]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA