Andijonliklar ham marafonda faol ishtirok etdi
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi, yengil atletika federatsiyasi hamkorligida yoshlarni sportga keng jalb etish, yugurish sportini ommalashtirish, umuman, sport va sog‘lomlashtirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafonida talaba yoshlar hamda turli yoshdagi fuqarolar ishtirok etdi.
Andijon shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda viloyatning barcha tuman, shaharlari vakillari ishtirok etdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, “Eng yoshi kichik ishtirokchi”, “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Z. Umrzoqov, O‘zA