Andijonda Xalqlar do‘stligi kuni nishonlandi
FOTOREPORTAJ
Andijon shahridagi Eko parkda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan «O‘zbekiston – umumiy uyimiz» shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda turli millat va elat vakillari ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, milliy madaniyat va an’analarni targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bayram dasturida milliy madaniy markazlar ijodiy jamoalari tomonidan qo‘shiq va raqslar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy urf-odatlarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, milliy taomlar, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalari tashkil qilinib, tadbir ishtirokchilariga milliy madaniyatning boy va rang-barang jihatlari namoyon etildi.
[gallery-30630]
Tadbir doirasida turli millat vakillari o‘z madaniy merosi va an’analarini namoyish etib, mamlakatimizda qaror topgan tinchlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yana bir bor ifodaladi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA