Andijonda katta tennis bayrami
Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan nufuzli turnir boshlandi.
Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan nufuzli turnir boshlandi.Unda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Fransiya, Gruziya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Indoneziya, Misr, Turkiya va Ukraina kabi davlatlardan kelgan yuzdan ziyod tennischi bosh sovrin uchun kurashmoqda.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi asosiy tur bahslarining birinchi davrasida tennischilarimizdan Sabina Sharipova gruziyalik Mariam Bolkvadze, Oqgul Omonmurodova belaruslik Anna Kubareva, Nigina Abduraimova rossiyalik Anastasiya Florova, Jamila Sodiqjonova rossiyalik Olga Doroshina, Arina Fols rossiyalik Alyona Tarasova, Polina Merenkova ukrainalik Olga Yanchuk, Kamola Umarova hindistonlik Drutxi Tatacharga qarshi maydonga tushadi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Sanjar Fayziyev, Pavel Soy, Abror Isoqov, Temur Ismoilov, Saida’lo Saidkarimov, Sharobiddin Abzalov, Shonig‘matjon Shofayziyev kabi iste’dodli sportchilar mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.