Amir Milushev xalqaro turnir g‘olibi
Farg‘ona shahrida o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan turnir o‘tkazildi.
2019 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida hamyurtimiz Amir Milushev hal qiluvchi final bahsida qozog‘istonlik Vitaliy Zatsepinni 4:6, 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Amir Milushev juftlik bahslarida Qozog‘iston vakili Ilyos Maratuli bilan tandem hosil qilib, finalda isroillik Saymon Levi va Eyal Shumilovni 6:4, 6:7, 10:6 hisobida yengdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.
J. Toshxo‘jayev, O‘zA