Amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, shahar va tuman bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari qarorlari asosida joriy yilning 9 oyi davomida fond qoshidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 21 ming 108 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilani qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida 15 milliard 376 million 485 ming so‘m mablag‘ sarflandi.

Jumladan, 14 ming 822 ta ehtiyojmand oilaga 10 milliard 856 million 596 ming so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan, 8 ming 609 ta oilaga kundalik iste’mol tovarlari uchun 2 milliard 753 million 555 ming so‘m, 172 ta oilaga dori vositalari uchun 488 million 277 ming so‘m, 5 ming 613 ta oilaga 6 milliard 526 million 47 ming so‘m va 428 ta oilaga boshqa ko‘rinishdagi yordamlar uchun 1 milliard 88 million 715 ming so‘m ajratildi. Shu jumladan, “Temir daftar”ga kiritilgan 2 ming 860 ta oilaga 2 milliard 408 million 290 ming so‘m, “Ayollar daftari”dagi 3426 nafar xotin-qizga 3 milliard 162 million 141 ming so‘mlik yordam ko‘rsatildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida jami 409 ta oilaga 98 million 990 ming so‘mlik moddiy yordam berildi. Shundan 150 ta kam ta’minlangan oilaga 52 million 142 ming so‘m, 86 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga 22 million 486 ming so‘m hamda 173 ta oilaga 24 million 380 ming so‘mlik boshqa ko‘rinishdagi yordam ko‘rsatildi.
Yig‘ilishda fond tomonidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri