Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi!
Yaponiya mezbonlik qilayotgan XX Osiyo o‘yinlarining 29-sentabr kungi bahslarida sportchilarimiz kamondan otish, kibersport, o‘q otish, slalomda eshkak eshish, velotrek, suvga sakrash, og‘ir atletika, voleybol, tennis, boks va yengil atletika bo‘yicha sport turlarida ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 110 kilogramm vaznda ishtirok etgan hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. U dast ko‘tarishda dastlab 190 kg og‘irlikni o‘ziga bo‘ysundirib, Osiyo o‘yinlari rekordini yangilagan bo‘lsa, uchinchi urinishda 197 kg. natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi.
Akbar polvon siltab ko‘tarishda 226 kg. va ikkikurash yakuniga ko‘ra 423 kg. natija bilan Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi. Buning natijasida delegatsiyamizdagi oltin medallar soni 13 taga yetdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 13 ta oltin, 17 ta kumush va 13 ta bronza, jami 43 ta medal mavjud.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA