Aholi muammolarini hal etishda kutilgan natijalarga erishilmoqda
FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanidagi mavjud 49 ta mahallada ham hokim yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Hokim yordamchilari o‘z mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish joylarini tashkil etishga mas’ul sifatida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularga yer maydonlari, kredit ajratilishi, va boshqa zaruriy masalalarda ko‘mak berish, hudud infratuzilmasini rivojlantirishda tizimli ishlarni tashkil etmoqda.
[gallery-6417]
Tumanning “Yuqori qishloq” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan hokim yordamchisi Doniyor Xudoyqulov aholi muammolarini hal etishda kutilgan natijalarga erishmoqda.
Mazkur mahallada 2 ming 500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hokim yordamchisining tashabbusi bilan shu kungacha tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi 20 ga yaqin fuqaroga bankdan imtiyozli kredit olishda hamda 2 nafar kishiga issiqxona qurishi uchun davlat tomonidan subsidiya ajratilishida tegishli yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, hududdagi ishsiz yoshlar va ayollarning kasb-hunar o‘rganishida zarur amaliy ko‘mak berilmoqda.
Hokim yordamchisi mahallani obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA