Afg‘onistonda pasport berish boshlandi
Bu haqda Tolo News telekanali ma’lum qilmoqda.
Bundan avval toliblar pasport boshqarmasining barcha xodimlaridan ishga qaytish so‘ralgani haqda ma’lum qilingan edi.
Telekanal tarqatgan xabarga ko‘ra, kamida 25 mingta hujjat egalarini kutmoqda. Pasport boshqarmasi rahbari vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan Alim Haqqoniyning bayonot berishicha, pasport berish xizmati mamlakatning boshqap viloyatlarida ham boshlangan.
Mamlakat ichki ishlar vazirligi vakili Qori Said Xostining ta’kidlashicha, hozirda yangi pasportlar avvalgi hukumat davridagidek Afg‘oniston Islom Respublikasi belgisi bilan berilmoqda.
Bundan avval AQSH uchun ishlayotgan afg‘onistonliklar RIA Novostiga mamlakatdan chiqib ketish uchun oylab hujjat ololmayotganini ma’lum qilgan edi.