Afg‘oniston vaziri terakt qurboni bo‘ldi
“Ariana News”ning yozishicha, Kobulda yuz bergan terakt oqibatida “Tolibon” muvaqqat hukumatining qochqinlar ishlari bo‘yicha vaziri Halil ur-Rahmon Haqqoniy halok bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, mamlakat Migratsiya va qochqinlarni qaytarish vazirligi binosi ichida xudkush-terrorchi portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Vazirdan tashqari yana olti kishi halok bo‘lgan.
Hozircha hech kim voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Ammo ba’zi afg‘on rasmiylari xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan terakt ortida ISHID guruhi turibdi, degan fikrda.
Halil ur-Rahmon Haqqoniy 2021 yilda Afg‘oniston qochqinlar ishlari vaziri etib tayinlangandi.