Adiblar xiyoboni: Mushoira etadi davom...
Tadbirda oʻzbek ayolining jamiyatdagi oʻrni, oiladagi vazifasi, ayollarga xos sabr, iroda, nafosat va matonat haqida gap bordi.
Adiblar xiyobonida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Ibo, hayo, nafosat – goʻzalligimiz timsoli” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda oʻzbek ayolining jamiyatdagi oʻrni, oiladagi vazifasi, ayollarga xos sabr, iroda, nafosat va matonat haqida gap bordi.
– Bugun zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, – deydi Oʻzbekiston xalq artisti G.Zokirova. – Bunda oʻsmir yoshdagi qizlarning odob-ahloqiga alohida eʼtibor qaratmoq kerak. Zulfiya opa oʻzbek qizlariga andoza boʻladi. Uning ibosi, hayosi, sabri va jasorati alohida eʼtiborga loyiq. Opa adabiyotni qadrlagan, kasbiga va oilasiga sadoqatli boʻlgan. Mayda gaplardan yiroq boʻlib, hayotning yengil jihatlariga beeʼtibor yashagan. Shoira tabiiy goʻzallik tarafdori boʻlgan.
Tadbir doirasida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, yosh ijodkorlar ishtirokida mushoira tashkil etildi.