"Abduqodir Husanov - Bastoni va Xavsendan yaxshiroq"
Hozirgi paytda "Manchester Siti"ni Husanovsiz tasavvur qilish qiyin.
Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Vladislav Radimov Abduqodir Husanov haqida gapirdi.
"Hozirgi paytda "Manchester Siti"ni Husanovsiz tasavvur qilish qiyin. O‘zbekiston milliy terma jamoasida u fizika, tezlik va taktikasi bilan eng yaxshilardan biri bo‘lib turibdi. Texnik jihatdan esa eng zo‘ri. Ayni vaqtda Husanov Xavsen va Bastonidan ko‘ra yaxshiroq o‘ynamoqda", - dedi Radimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Husanov yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining asosiy yulduzi bo‘ladi va turnir kashfiyotiga aylanishi mumkin.