Abdulla Oripov lirikasida ramziylik
Adiba Raxmatovna DAVLATOVA filologiya fanlari nomzodi, dotsent Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada ijodkor ruhiyatidagi lirik kechinmalarning ramzlar orqali ifodalanishiga doir kuzatishlar olib borilgan. Jumladan, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov she’riyatida uchraydigan falsafiy tushunchalarning ramziy ifodasi tahlil qilingan. Shoir qo‘llagan obrazlarning botiniy ma’nolari, she’r badiiyatiga ta’siri masalasi o‘rganilgan.
Tayanch so‘zlar: shoir, ramziylik, xususiyat, o‘xshatish, badiiy niyat, janr, atama, xulosa, lirik kechinma.