90 kunda mo‘l hosil
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.
Buxoro viloyati Olot tumanidagi “Jo‘ra Ko‘mak” fermer xo‘jaligida joriy mavsumda 1 gektar maydonda kartoshka yetishtirildi.
[gallery-29779]
Ekinlarni parvarishlash jarayonida agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilib, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, kimyoviy ishlov berish va sug‘orish ishlari belgilangan tartibda tashkil etildi. Natijada atigi 90 kunda mo‘l hosil yetishtirishga erishildi.
Ayni paytda fermer xo‘jaligida kartoshka hosilini yig‘ib olish ishlari davom etmoqda. Hozirga qadar 30–35 sotix maydondan 10 tonnadan ortiq hosil olingan. Mahsulotlar ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, mavsum yakuniga qadar 30 tonnadan ortiq kartoshka hosili yig‘ib olinishi kutilmoqda.
Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova fermer xo‘jaligida bo‘lib, hosildorlik ko‘rsatkichlari va amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA