8 milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Krav teks” O‘zbekiston – Lixtenshteyn qo‘shma korxonasidajoriy yilning birinchi yarmida 8 milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Krav teks” O‘zbekiston – Lixtenshteyn qo‘shma korxonasidajoriy yilning birinchi yarmida 8 milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi.O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida e’tibor o‘z samaralarini berayotir. Hududiy korxonalarning barqaror ishlashi uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilayotgani natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa, eksport hajmi yildan-yilga ortmoqda. Buni Oltinko‘l tumanidagi “Krav teks” O‘zbekiston – Lixtenshteyn qo‘shma korxonasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.
Korxonada paxta tolasi qayta ishlanib, turli ko‘rinishdagi matolar hamda tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxonada ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy ish uslubini qo‘llash orqali mahsulot hajmi va sifatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotir.
To‘quv, bo‘yoq, bo‘yash va pardozlash sexlaridan unumli foydalanayotgan korxona jamoasi zamonaviy dastgohlarda matoga gul bosishni ham o‘zlashtirdi.
– Korxonada bozor talabidan kelib chiqib, mahsulot turi va sifatini oshirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirildi, – deydi korxona rahbari Sherzodbek Karimov. – Avvallari faqat bir necha rangdagi matolar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, komputerlashtirilgan matoga gul bosish liniyasining ishga tushirilishi bilan imkoniyatlarimiz yanada kengaydi. Endi gulli matolar tayyorlash va ulardan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi. Yangi turdagi bu mahsulotlar bejirimligi va sifati bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. Korxonada joriy yilda 5 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.